Cho‘lda suvsizlikdan tashna bo‘lib ketayotgan odamning
yo‘lidan quduq chiqib qolibdi.
Quduqni ko‘rgan haligi odam quvonganidan, — Suv, suv, - deb baqirgancha quduq tomon yuguribdi. Shu payt quduq ichidan bir odam otilib chiqib:
— Qani suv? Qani?! - debdi.