Afandi bir joyda to‘y bo‘lyapti deb eshitdi, garchi taklif qilinmagan bo‘lishiga qaramay, to‘yga juda ham borgisi kelibdi. O‘ylab-o‘ylab bahona topibdi. Bir varaq qog‘ozni to‘rt buklab, cho‘ntagiga solibdi-yu, to‘yxonaga otlanibdi. To‘y egasiga borib:
— Sizga qozidan xat,— deb qog‘ozni beribdi. To‘y egasi quvonib, xatni olib, Afandini to‘yxonaga kirgizib to‘rga o‘tkazibdi. Afandi esa vaqtdan foydalanib, dasturxondagi nozi-ne’matlarni bir boshdan yeya boshlabdi.
To‘y egasi qog‘ozni ochib qarasa, bo‘m-bo‘sh.
— Qog‘ozda hech narsa yozilmagan-ku! - debdi afandining yoniga borib.
— Ishlari zarur bo‘lgani uchun qog‘ozga xat yozishga qo‘llari tegmadi,— dermish Afandi.