Podsho uzoq muddatlik ovga ketgan edi. Boshqa mamlakatdan elchi kelib qoldi. Vazir uni parvarish qilishni Afandiga topshirdi. Afandi har kuni oshpazga tayinlab, elchini qirg‘ovul, bedana, kaklik go‘shtlaridan tayyorlangan sara ovqatlar bilan boqar edi.
Oradan besh-o‘n kun o‘tdi, qush go‘shti elchining me’dasiga tegib, u oshpazdan so‘qim go‘shtidan ovqat tayyorlab berishni iltimos qildi. Oshpaz uning tiliga tushunmay, vazirga murojaat qildi. U ham tushunmay Afandidan tushuntirib berishni iltimos qildi.
Afandi elchi huzuriga borib, imo-ishoralar bilan maqsadini so‘ragan edi, u ikki qo‘lini boshi ustiga shoxga o‘xshatib, o‘z tilida allanarsalar dedi, Afandi sira ham tushunmadi.
— Elchi nima xohlar ekan?— so‘radi vazir.
— Elchining ikki qo‘lini boshi ustiga ko‘targani uning podshoni ko‘rmoqchiman degani,— deb javob berdi Afandi.