Afandi yosh bola edi. Ko‘cha eshigi oldida non yeb o‘tirgan edi, bir kishi kelib, uni aldamoqchi bo‘ldi:
— O‘g‘lim, tuyani yaxshi ko‘rasanmi?
— Ha.
— Kel bo‘lmasa, noningni tuya qilib beray. Afandi bir nonga, bir haligi kishiga qarab dedi:
— Tuya eshigimizdan sig‘maydi. Qo‘yavering o‘zim bo‘taloq qilib olaman.