O‘rmonda sher o‘g‘lini uylantiribdi. Hamma hayvonlarni to‘yga aytibdi, faqat quyonni etmabdi: quyon alkash bo‘lsa, kesa baribir to‘yni fayzini buzadi keganidan foyda yo‘q deb, quyoni aytmabdi. To‘yida hamma hayvonlar o‘ynayotgan ekan quyon bostirib kirib:
— Hoy, sher sen meni to‘yinga chaqirmading-a hozir razbor qilamiz, desa
Sher tulkiga:
— Bor chiqib hal qivor, debdi.
Tulki ko‘chaga chiqib ketibdi. Tars-turs bo‘lib bir ozdan kegin quyon qaytib kiribdi:
— Shumi zo‘ring? Yana bormi, debdi.
Sher to‘ng‘izga ishora qilibdi. To‘ng‘iz ham chiqishi bilan tars-turs bo‘lib yana quyon qaytib kiribdi:
— Yana zo‘ring bormi, desa
Shyer bo‘riga qarab:
— Bor hal kivor, debdi.
Bo‘ri ko‘chaga chiqib ketibdi, yana tars-turs bo‘lib, bo‘ri qaytib kiribdi. Hamma joyi qon, oyog‘ida zurga turarmush. Sher nima bo‘ldi, desa.
Bo‘ri zo‘rg‘a boshini ko‘tarib:
— Ahmoq ayiqni ham aytmapsan-ku, dermish