Sud raisi ayblanuvchidan so‘rayapti:
— Ayting-chi, voqea qanday sodir bo‘ldi?
— Xizmat safaridan belgilangan vaqtdan bir kun ilgari keldim, ertalab uyga kirishim bilan ayolimning rangi g‘alatiroq ko‘rindi. Kutilmaganda oshxona eshigi ochilib yopilganday bo‘ldi. Shoshib oshxonaga o‘tdim, deraza pardasi shamolda xilpirab turardi, pastga qarasam, mana bu odam bitta ichki ko‘ylakda turibdi. Alam ustida unga muzlatgichni olib otdim, ammo mo‘ljalni yaxshi ololmabman. Aslida uni o‘ldirmoqchi edim. Sud raisi qo‘ltiqtayoqdagi jabrlanuvchiga o‘girildi:
— Ho‘sh, siz bu masalada nima deya olasiz?
— Har kuni tongda turib, mashq qilaman, ko‘p qavatli uyimiz atrofida ikki marta yugurib aylanaman. Bir payt qarasam, uchinchi qavatdan muzlatgich uchib tushyapti, zo‘rg‘a qochib ulgurdim, oyog‘imga tushdi. Sal bo‘lmasa boshimga tushib o‘lardim. Sud raisi butun tanasi shikastlangan guvohga yuzlandi:
— Guvoh, siz nima deya olasiz?
— Nima ham derdim, o‘sha yerda bo‘lsam-da, aslida men bu voqeani ko‘rganim yo‘q. Chunki men muzlatgich ichida edim.