Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr toshiga yozilgan bir lavhani o‘qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning podshosi Sulton Abdulmalik pop Sulton Abdulmutalib jahonga mashhur bo‘lib uch yoshida vafot etdi» deb yozilgan ekan:
Afandi taajjublanib shayxdan so‘radi:
— Uch yoshida o‘lgan bola qanday qilib jahonga mashhur bo‘ladi?
Shayx javob berdi:
Sulton Abdulmalik yetmish yil yashab shundan faqat uch yilini xursandchilik bilan o‘tkazgan ekanlar. Shuni umr hisoblab, vasiyat qilganlar.
— Agar shunday bo‘lsa,— dedi Afandi,— men o‘lganimda qabrimga lavha tosh qo‘yiladigan bo‘lsa, unga: «Mulla Nasriddin tug‘ildi-yu o‘sha zamoni o‘ldi» deb yozilar ekan-da!