Narx-navo haqida latifalar

Chiptachi avtobusda chipta sotib yursa, bir yigit 1200 soʻm beribdi.
— Yoʻl haqqi bugundan 1400 soʻm boʻlgan, - desa, yigit:
— Mayli, menga kechagi chiptangizdan bering, - dermish.
Poyezd kupesida er-xotin va yana ikki medik ketishyapti. Xotin rosa ko‘p gapirar ekan, har balo deb tinmay gapirib ketaveribdi. Xotin o‘z ehtiyoji bilan kupedan chiqqan ekan, mediklar erga:
— Voy og‘ayni bunaqa xotin bilan qanday yashab yuribsan? Bir umr buning diydiyosini eshitib o‘lib ketasanku. Yaxshisi hozir Moskvadagi bir xirurgni adresini beraman, xotiningni miyasini operatsiya qilib beradi, qarabsanki kamgap ajoyib xotinli bo‘lasan, narxi ham qimmat emas bori yo‘g‘i 1000$ga gaplashib beraman.
— Jinnimisilar qanaqa ming dollar, kavkazliklar bilan gaplashib qo‘yganman, atigi 200$ga otib tashlasharkan. O‘sha yoqqa olib ketayabman.
Hozir zamon shunaqa! Sodda emasligingni isbotlash uchun tizzalari yirtiq shimni butun shimdan qimmatroqqa sotib olishing kerak.
Shahardagi butik-doʻkonlarning sukunati ichidan baʼzida shunday soʻzlar yangrab qoladi:
“Voy, dahshat-ku!”, “Bunisi undanam qimmatroq ekan”, “Tilladanmi!?”
O‘rta yoshli, oilali yigitning hayollari:
“40 yoshga yetganimda sariq Lambordjini haydashni orzu qilib quvonar edim... Mana, shu yoshga ham to‘ldim. Hozir Korzinka ga kirib, oziq-ovqatlarning narxi yozilgan sariq rangdagi qog‘ozchalarga qarab sevinchim ichimga sig‘mayapti. Chegirmalar!!!”
— Meni bolalarim qorboboga xat yozishni allaqachon boshlab yuborishdi.
Qorbobo esa ularni yonginasida o‘tirib, sovg‘alar narxini hisoblab aqldan ozay deyabdi.
Xotin eriga:
— Ozishimni xohlasangiz, ham bir kilo uchun 100 mingdan to‘laysiz-mi? - debdi.
Eri bo‘lsa:
— Insofing bormi xotin? Bozorda dumbani narxi qancha turishini bilasanmi? - deb kulib yuboribdi.
Psixiatr:
— Tushunishimcha, bugundan svet, gaz va benzin narxi oshganini eshitib umuman asabiylashmadingiz, to‘g‘rimi?
— To‘g‘ri. Mutlaqo!
— Bu kasallik sizda qachondan beri kuzatiladi?
— Maoshing qancha?
— 100 dollar.
— Voy tentak!
— Soatiga.
— Voy ablah!