Qisqa haqida latifalar

— Adasi, hanuzgacha menga biror martta gul sotib olmagansiz...!
— Hali tiriksan-ku, xotin...!
Tog‘da cho‘pon qo‘ylarini haydab ketayotsa, qo‘l telefoni jiringlab qolibdi.
Telefon ovozini eshitgan qo‘ylar taqqa to‘xtab, cho‘pon tomonga qarashibdi. Cho‘pon esa, kim bilandir gaplashib bo‘lgach, telefonni cho‘ntagiga solib, qo‘ylariga:
— Xavotirlanmanglar, meni so‘rashibdi! - degan ekan.
Amerikaliklar oyga uzum ekishmoqchi bo‘lib chiqishsa, O‘zbeklar mayizni eksport qilib sotvotganmush.
Sudya:
— Nega ovchilar jamiyati a’zosi bo‘lmay turib quyonni o‘ldirdingiz?
Jabrlanuvchi:
— Nega quyon mening oilam a’zosi bo‘lmay turib dalamdagi karamni yeydi?
— Dadajon, xo‘rozlar nega tong yorishmasdan qichqirishadi?
— Tovuqlar uyg‘onganda xo‘rozlarning ovozi eshitilmay qoladi-da!
Bir kuni ikkita qurt gaplashib tursa, bitta qurt hadeb qimirlayverarmish.
Shunda sherigi:
— Namuncha qurtga o‘xshab qimirlayverasan? – degan ekan.
Bir xotin dugonasiga hasrat qilibdi:
— Erim endi aroq ichmayman deb qasam ichganidan buyon, muzlatgichga solib muzlatib yeyabdi.
Siz erinchoqsiz! Chunki, 456841258268. Ana ko‘rdingizmi, shu raqamlarni o‘qishga ham erindingiz.
Bir donishmanddan so‘rashibdi:
— Eri qayerdaligini har doim bilib turadigan ayol kim bo‘ladi?
Donishmand javob beribdi:
— U ayol beva bo‘ladi!
Xaridor qassobdan xarid qilmoqchi bo‘lib:
— Dumbangiz necha pul?
— Qo‘ynikini aytyapsizmi?