Qisqa haqida latifalar

Havoni qara sovuqligini. Huddi seni istarangni eslatadi-ya...!
— Lapashang bilan ovsarni farqi nima?
— Lapashang "bir ishni qanday bajarsam ekan?" deb o‘ylaverib o‘yiga yetolmaydi.
Ovsar esa o‘zi qilib qo‘ygan ishni "bu ishni kim qildi ekan?" deb o‘yiga yetolmaydi.
— Bolangizni nimaga buvisi bilan qoldirmaysizlar?
— Chunki u qabristonda bir o‘zi qolishidan qo‘rqadi-da.
E’lon: Muhtaram va munis ayollar! Agar siz o‘z qomatingidan qoniqish hosil qilmasangiz zudlik bilan bizning huzurimizga keling! Bizni har qanday qomat qoniqtiradi!
Nikoh ikki xil asab tizimining tinch-totuv yashashidir
31 dekabr ijtimoiy tarmoqlarda yil sarhisoblari kuni. To‘xtatib bo‘lmas yolg‘on kuni
— Telegramdagi behayo suratlarga qanday qaraysiz?
— Ularni yomon ko‘raman!
— Nega?
— Rasmlari xira-da. Shunga yomon ko‘rayapman. Yaqinlashtirsam battar xiralashib ketayapti.
Bitta ko‘r bilan bitta g‘ilay bo‘lgan ekan. Kunlarni birida ular urishib qolibdi. Ko‘r qo‘lini musht qilib:
— Qayerdasan? Chiq bu yoqqa! – desa, g‘ilay:
— Ha?! Bir o‘zimga ikkoving urishasanmi?! – debdi.
Bir kuni ikkita ilon gaplashib turgan ekan:
— Biz juda zaharlimizmi?
— Ha, judayam! Zaharimiz o‘limga olib keladi.
— Unda men o‘lar ekanman. Tilimni tishlab oldim.
“Har kuni qo‘limdan jaraq-jaraq pul arimasin!” deb duo qilavergan yigit avtobusga chiptachi bo‘lib ishga kiribdi.