Qisqa haqida latifalar

Erkaklar esda saqlang:
Jahli chiqqan ayol rotveylerdan lab bo‘yog‘idangina farq qiladi.
Hattoki, uzoq yillar oftalmolog bo‘lib ishlagan vrach ham kalta yubka kiygan qizlarga bir soatda qaragan minglab ko‘zlarni umrida ko‘rmagan.
Kampir:
— Chol, nimani o‘ylayapsiz?
Chol:
— Sen o‘ylayotgan narsani.
Kampir:
— O‘ling-yey, uyatsiz!
Qorong‘u ko‘chadan ketayotgan afandini ko‘ziga bir sharpa ko‘rinibdi.
Afandi uni "Odammikan?! It bo‘lsa-chi?!" deb o‘ylabdi-da "Itmisan?" deb baqirgan ekan.
Agar siz Toshkentda yashasangiz-u, qo‘li va ko‘ngli ochiq inson bo‘lsangiz, desak sizni uyingizdan uzoq muddatli mehmonlar arimaydi!

Ronaldo bolalariga "Ishga ketyapman" deb, futbol o‘ynagani borarkan.

Xudo xohlasa shu 2020 yildan eson-omon o‘tib olsam, nevaralarimga 2019 yildan keyin 2021 yil kelgan deb aytaman!
— Nega qo‘shningizni Big Bon deysizlar?
— Chunki u bilan aroq ichsak, 3 daqiqada tap-tayyor bo‘ladi.
— Negadir ovqat yesam, bir olchani ta’mi, bir ovqatni ta’mi keladi.
— Tishingni yuvib turibsanmi?
Bir sigirni yonidan eshak turtib o‘tib ketibdi. Shunda sigir eshakka "E, molga o‘xshamay o‘l!" dermish.