Qisqa haqida latifalar

"Ikkichi"larning 2 ta narsasi bo‘ladi: mashinasi va uyi.
"Uchchi"larning 3 ta narsasi bor: mashinasi, uyi va dalahovlisi.
A’lochilarning 5 ta narsasi bo‘ladi: kal boshi, ko‘zoynaklari, eng kam oylik ish haqqi, qon bosimi va ko‘krak nishoni.
Bozorda nazoratchi sotuvchiga:
— Manavi sotayotgan balig‘ingizni hujjati bormi?
— Hujjati? Qanaqa hujjat? O‘limi to‘g‘risida guvohnoma kerakmi?!
Hamma imtihon topshiruvchi talabalarga omad tilaymiz!
Ayniqsa, dars qilish o‘rniga latifa o‘qib o‘tirganlariga!!!
Yigitlar ko‘zi bilan, qizlar esa qulog‘i bilan sevadi.
Hozirgi zamon yigitlarini ko‘zida ko‘zoynak, qizlarni qulog‘ida esa naushnik!
O‘rtada bechora sevgi sarson...
Xotin eriga:
— Azizim, qaymoq tugadi!
Eri:
— “Tugadi” emas, “Tugatdim” degin. Qachon vijdon bilan gapiradigan bo‘lasan-a?
— Menga 2kg olma bering.
— Eron olmasidan beraymi yoki Turkiyanikidanmi?
— Menga farqi yo‘q, men ular bilan gaplashmiman, yeyman xolos
Parashyutdan sakrash mashqi.
— Askarlar! Sakragandan so‘ng 10 gacha sanab, ipni tortasizlar. Qani olg‘a!
Bir askar yerga tushib, parashyutni yig‘ishtirayotsa, botqoqda bir askar duduqlanib — s-s-sa-sak-kiz-z-z — deb sanab yotgan emish.
Qarg‘a osmonda uchib ketayotgan reaktiv samolyotga qarab tursa, yonidagi bolasi undan so‘rabdi:
— Oyi, anavi qushcha qanday qilib bunchalik tez uchib ketyapti?
— Sening ham dumingga o‘t qo‘yishsa, shunday uchib ketasan.
— Oxirgi martta so‘rayapman, qani meni pullarim???
— Xudoga shukr, boshqa bu savolni eshitmas ekanman!
Hamma bo‘sh ish o‘rinlariga tajribali xodimlarni ishga taklif qilishadi. Tajribasizlarni esa olishmaydi.
Ishlamasang, tajribani qayerdan orttirasan?