Uchrashuv haqida latifalar

Yigit va qiz uchrashuvi... Ancha gaplashishgandan so‘ng yigit:
— Jonim, menga turmushga chiqasizmi?
— Ha, albatta!
...So‘ng uzoq jimlik... Jimlikdan zerikkan qiz:
— Nega jimsiz?
— Shundoq ham ko‘p gapirib qo‘ydim...
Xotin eriga:
— Dadasi, esingizdami turmush qurmasimizdan ilgari har bir uchrashuvimiz romantika edi. Kechalari tashqariga chaqirardiz, man uydagilardan bekinib oldizga chiqardim. Qanday mazza edi...
Xuddi shunday uchrashuvga taklif kiling! - desa,
Eri:
— Xo‘p Azizam, bugun kechqurun soat 22:00da bolalarni uxlatib, oshxonaga chiq choy ichamiz! - dermish.
Tramvayda ketayotgan Afandi qarshisida o‘tirgan qizga tikilib turib, so‘radi:
— Yaxshi qiz, bir boqishda yaxshi ko‘rib qolish mumkinmi?
— Yo‘q,— dedi qiz.
— Unda, ertaga qayerda uchrashamiz,— debdi Afandi.
Yangi tanishuv xizmati ochilibdi.
— Allo, yaxshi qiz, siz bilan tanishsak bo‘ladimi?
— Bo‘ladi. O‘zingizni tariflab bering.
— Men past bo‘yli, to‘lachadan kelgan, soch-soqoli o‘sgan...
— Alish, sanmisan?!
— Chiroyli bir qiz bilan tanishmoqchi edim. Endi gap boshlashimni bilaman, o‘zidan-o‘zi baqira ketdi:
— "Yo‘qol! Bu ayollar hojatxonasi!!!".
Er va xotin istirohat bog‘ida sayr qilishmoqda. To‘satdan er xotiniga debdi:
— Azizam, tezda baxtli ayol qiyofasiga kir!
— Iye, nega?
— Qarshimizdan kelayotgan hov anavi ayol — mening birinchi xotinim...
Uzoq vaqt uchrashmagan do‘stlar:
— Salom do‘stim! O‘zgarib ketibsan. Nima ish qilyapsan?
— Menmi? Tadbirkorman.
— Tadbirkor? O‘x-o‘, zo‘r-ku! Aynan qanday tadbirkorsan?
— Och qolmaslik chora-tadbirlarini qidirib topaman.
Qiz va yigit uchrashuvda:
— Sizni yaxshi odatlaringiz nimada? – so‘rabdi yigit.
— Men umuman ovqat tanlamayman, - debdi qiz.
— Xafa bo‘lmasangiz, yomon odatlaringizni ham bilsam... – debdi yana yigit.
— Ovqat qilishni umuman bilmayman, - degan ekan qiz.
Uchrashuvga chiqgan yigit va qiz suhbati:
Yigit:
— Ko‘proq uyda nimalar bilan bandsiz?
Qiz:
— Shu..., deyarli oshxonadan chiqmayman.
Yigit:
— O-o! Ovqat tayyorlashni yoqtirasizmi?
Qiz:
— Yo‘g‘-ye, yeyishni!
Uchrashuvdan qaytgan qiz dugonasiga gapirib beryapti:
— Voy dugonajon, 40 yillik mashinani haydab kelsa bo‘ladimi.
— O‘zi nechi yoshda ekan?
— O‘sha mashinasini salondan 18 yoshida sotib olgan ekan.