Rossiyada koʻprik qurish uchun Germaniya, Xitoy va Oʻzbekistonlik quruvchilarni chaqirishibdi.
Birinchi boʻlib Germaniyalik quruvchilardan soʻrashibdi:
— Falon kilometrlik koʻprikni qanchadan qurib bitkazasizlar?
Nemislar javob beribdi:
—Zamonaviy texnika va malakali ishchilarimiz bilan sifatli koʻprikni bir yilda qurib beramiz, - deyishibdi.
Keyin Xitoyliklarga shu savolni berishibdi. Ular bunday koʻprikni olti oyda bitirishlarini aytishibdi.
Oxiri Oʻzbekistonlik quruvchilarga shu savolni berishsa, ular shunday javob berishibdi:
— Eng yaqin bayraminglar qachon? Oʻsha bayramga bitirib topshirvaramiz!