Oʻrmonda sher hamma hayvonlarni yigʻib debdi:
— Turmush qurganlar chapga, qurmaganlar oʻng tarafga oʻtsin!
Bir payt quyon tipirchilab u yoqqa, goh bu yoqqa oʻtaveribdi. Shunda sher undan:
— Ey quyon, namuncha yugurgilaysan? – desa, quyon:
— Ajrashganlar qayoqqa oʻtishini aytmadingiz-ku!? – dermish.