Afandi bog‘ida o‘tin qilib, kechqurun boltasini yelkasiga tashlab ketayotgan edi, yo‘lda bir hovlidan it chiqib, Afandiga tashlandi. Afandi bolta bilan itni chopib o‘ldirdi. Itning egasi chiqib Afandini tutdi:
— It sizni talagan ekan, boltaning sopi bilan urib haydasangiz ham bo‘lar edi-ku!
— It dumi bilan qopsa, boltaning sopi bilan urar edim, beti bilan qopgandan keyin, men ham boltaning beti bilan chopdim-da! O‘zidan ko‘rsin!