Afandi to‘yga borgan edi, ichkariga kirishda kavushini qo‘ltig‘iga qistirib oldi. To‘yboshi Afandini sekin turtib:
— Kavushingiz dahlizda tura berar edi-ku, - dedi.
— Yo‘q, - dedi Afandi, — kavushimning yomon fye’li bor: kim «yur» desa, o‘rniga eski kavushni qo‘yib keta beradi.