Uch og‘ayni alkash ichmoqchi bo‘lib, zo‘rg‘a bir butilka aroqqa pul yig‘ibdi. Endi ichamiz deganda, qarashsa - gazagi yo‘q emish.
Shunda bittasi cho‘ntagini kovlab-kovlab, bir kichkina chesnok donasini topibdi. "Mana zakuska ichib, hidlab qo‘yamiz", deb o‘zi birinchi ichib hidlab chesnokni ikkinchi sherigiga beribdi. U esa aroq ichibdi-da, chesnokni yeb qo‘yibdi.
Shunda uchinchi sherigi unga qarab:
— Nima san ahmoq, faqat ovqat yegani kelganmisan? - dermish.