Avtobusda chiptachi yo‘lovchilarga:
— Iltimos, salonni orqasiga o‘tinglar! Axir orqa bo‘m-bo‘sh-ku! Nega hammangiz eshik yoniga yig‘ilib turibsizlar?! – deb baqirsa, yo‘lovchilar chiptachiga qarab:
— Birinchidan, yong‘in avtobusning orqa tarafidan chiqadi, ikkinchidan, tutun hidini sezgan zahoti eshiklardan tezroq qochib qolyapmiz-da! – deyishibdi.