Sim yog‘och ustida ikki montyor o‘tirardi. Pastdan qari kampir o‘tib qoldi. Montyorlarning biri kampirga:
— Onaxon, hov anavi yerda yotgan simni uzatib yuboring!
Kampir simni montyorga uzatdi-yu, yo‘lida davom etdi. Montyor esa sherigiga:
— Ko‘rdingmi, senga nima degandim? "Nol" deganim rost ekanmi? Sen bo‘lsang, "faza, faza", - deb valdiraysan!