Bir kuni Afandining choponini o‘g‘ri olib qochdi. Afandi o‘g‘rining orqasidan quvlamay to‘g‘ri qabristonga bordi-da, bir ochiq go‘r ustida o‘tirdi. Bu voqeadan xabardor bir odam Afandiga:
— Choponingizni olgan o‘g‘ri hu, u yoqqa qochdi, siz bu yerda nima qilib o‘tiribsiz?—dedi.
— Qayoqqa qochmasin, baribir axir bir kun shu yerga keladi,— dedi Afandi.