Afandi daryoda cho‘milayotgan edi, to‘r tashlayotgan baliqchilarni ko‘rib qoldi. Afandi sho‘ng‘ib borib to‘rga kirdi. Baliqchilar to‘rga juda katta baliq ilindi degan xayolda to‘rni tortib olishdi, qarashsa, Afandi iljayib o‘tiribdi.
— Afandi, bizni laqillatib, to‘rda nima qilib yuribsiz?— deyishdi baliqchilar.
— Juda ko‘p yillardan beri baliq bo‘lib, to‘rga tushishni orzu qilib yurar edim, armonda ketmay dedim,— javob berdi Afandi.