Yigit qizga dil izhori qilyapti:
— Sen uchun hamma narsaga tayyorman, osmondagi oyni olib bering desang hoziroq olib beraman!
— Oy joyida turaversin, yaxshisi menga bitta tilla uzuk olib bering.
— Uff, shu odating yomonda, doim gapni boshqa yoqqa burasan.