— Davlat iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutgan. Mamlakat aholisi och, nochor va norozi, ammo jim! Xalq umuman kitob o‘qimay qo‘ygan... Yosh bolalar ham ko‘chalarda sigaret chekib yurishar, qo‘ni-qo‘shnilar bir-birlari bilan bir qarich yerni talashib, hukumatga arz qilishardi. Rahbarlar esa go‘yoki hech narsani ko‘rmayotgandek, bemalol yuraverishar, oddiy xalqning pullariga dang‘illama...
— O‘g‘lim, yangiliklarni o‘qishni bas qil! Kompyuterni o‘chirgin-da, dars qilishni boshla!
— Oyijon, axir men tarix fanidan “Rim imperiyasini qulashi” mavzusini o‘qiyapman-ku!