Ikkita olifta yigit shahar tashqarisidagi ko‘rimsiz bir mehmonxonaga kirishibdi. Yigitlardan biri mehmonxona xizmatchisiga:
— Bu molxonada bir kecha tunash nechi pul? – debdi haqoratomus.
Mehmonxona xizmatchisi:
— Bitta mol uchun 50 ming, ikkita molga 100 ming bo‘ladi, - degan ekan.