— Nimangizni yo‘qotdingiz Xo‘ja Nasriddin? – so‘rabdi qo‘shni.
— Chaqa pullarimni tushirib yuborgandim. Shularni izlayapman, - javob beribdi Nasriddin.
— Shu yerda yo‘qotdingizmi? – debdi qo‘shni.
— Yo‘q! Hov anavi qorong‘i yo‘lakda yo‘qotdim. Lekin u yer qorong‘ilik qilyapti. Chiroqni tagiga kelib izlayapman, - dermish Nasriddin.