Polkovnik askarlarni saf torttirib, so‘rabdi:
— Ho‘sh, oralaringda matematiklar bormi?
— Bor, men! Men ham matematik!... men, men, - javob qaytaribdi safda turganlar.
— Juda soz, matematiklar! Qani endi belkurak va qo‘shboshlar bilan qurollanib, mashinaga chiqing. Dalaga borib, ildiz topamiz.