Afandi erta bahorda boqqa qalamcha ekayotgan bog‘bondan so‘radi:
— Nima ekayotibsiz?
— Ko‘chat, - dedi bog‘bon,- hademay ko‘karib mevaga kiradi.
— Hammasi quruq kaltak-ku! - dedi Afandi taajjublanib.
— Ha, yer-suv quruq kaltakni ham ko‘kartiraveradi.
— Bo‘masa meni ham yerga ko‘mib qo‘ying, - iltimos qildi Afandi.
Bog‘bon kulib Afandining beligacha tuproq tortib ko‘mib qo‘ydi.
Afandy peshingacha izg‘irin shamolda turdi, qorni ochdi, badaniga zax o‘tdi. Bog‘bon peshinda ovqatga o‘tirganida Afandi qichqirdi:
— Taqsir, men bu yerda tomir otib, mevaga kirmaydiganga o‘xshayman, iloji bo‘lsa meni ovqatga yaqinroq joyga o‘tqazsangiz.