Afandi bir kuni pulsiz qolib qo‘liga ikki quloch arqonni oldi-da, mardikor bozorga chiqdi. U mardikorlar qatorida o‘tirgan edi bir kishi kelib:
— Bir yashik oyna bor, kimki shuni uyimga eltib bersa, pul o‘rniga uchta hikmatli gap aytaman, - dedi.
Mardikorlar: «Quruq gap — quloqqa yoqmas» deb, indamay o‘tiraverishdi.
Afandi yashik egasining shartiga rozi bo‘ldi-da, yashikni ko‘tarib borar ekan:
— Qani, hikmatli gaplaringizni ayting, - dedi.
— Birinchi gapim shuki: Agar birov sizga «to‘qlikdan ochlik yaxshi» desa, aslo ishonmang, - dedi oyna egasi.
— Hay-hay, buncha yaxshi, - dedi Afandi,— qani, ikkinchisini ham eshitaylik?,
— Agar birov sizga «otliq yurishdan yayov yurish yaxshi» desa, aslo ishonmang.
— Hay-hay, bunisi undan ham o‘tkir gap ekan,— dedi Afandi,— qani, uchinchisini eshitaylik?
Oyna egasi:
— Agar birov sizga «syendan ko‘ra ahmoqroq mardikor bor» desa, aslo ishonmang, - degan edi, Afandi yashikni ko‘tarib turib yerga bir urdi-da:
— Agar birov sizga «shu yashikning ichidagi oynalardan birontasi butun qoldi» desa aslo ishonmang! - dedi.

Yangi latifa qo‘shish
Топ рукнлар
- Er-xotin 755
- Ayollar 1271
- Bolalar 654
- Qisqa 695
- Hayvonot 351
- Qora-yumor 357
- Ota-ona 265
- Pul-boylik 441
- Haydovchilar 225
- Yoshlar 448
- Oʻqish-maktab 249
- Erkaklar 1276
- Uddaburonlar 426
- Kasalxonada 154
- Boshqalar 445
- Sevishganlar 146
- Afandi 305
- Doʻstlar 263
- Shifokorlar 238
- Qariyalar 199
- Ustoz-shogird 103
- Ishxona 207
- Piyonistalar 167
- Ovqatlanish 186
- Millatlar 134
- Jinoyatchilar 131
- Doʻkon-bozor 143
- Ozbekona 596
- Boshliqlar 117
- Internet 125
- Qoshnilar 97
- Janjal 74
- Talabalar 98
- Sport 100
- Kaltafahmlar 355
- Transportda 77
- DAN-xodimlari 68
- Telefon 147
- Harbiylar 67
- Bemorlar 146
- Shoh-Boy 72
- Qaynona-qaynota 74
- Jinnilar 54
- Uchrashuv 60
- Militsiya 39
- Lof-yolgon 289
- Dugonalar 87
- Haqiqat-adolat 367
- Sudda 43
- Oila 780
- Bayramlar 34
- Kafe-restoran 50
- Ertaklar 94
- Mehmon-mezbon 34
- Salomatlik 160
- Uynash-jazman 58
- Uqituvchi-domla 98
- Ovchi-baliqchi 32