Bir kishi qarindoshinikiga bormoqchi bo‘lib, yo‘ldan adashib qolibdi.
Manzilni so‘rash uchun qarindoshiga qo‘ng‘iroq qilaman deb, adashib do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib yuboribdi. U do‘sti hazilkashroq ekan.
— Allo, uyingni topa olmayapman... – desa, do‘sti hazillashib:
— Qayerda turibsiz? – debdi.
Mehmon:
— Mozorni oldidaman. Qayerga yuray? – desa, do‘sti:
— Ichkarida yotibman, kiravering! – dermish.