Qadim zamonda bir qabila bo‘lgan ekan. Qabilani xalqi juda-yam sodda, nima desang o‘shanga ko‘naverarkan. Bir kuni hamma odamlarni yig‘ib, «Bugun soat 14:00da sizlarni dorga osamiz. Kelish majburiy!» deyishibdi.
Aytilgan vaqtga yetib kelgan xalqni birortasi ham indamasmish. — Ana ko‘rdingmi, bularga baribir. Bittasi ham qarshi chiqmaydi. Nima desang ham ko‘naveradi. Chopiqqa ham, qurilishga ham, dalaga ham, ko‘cha tozalashga ham yo‘q demay ketaveradi. Qara hech biri indamayapti, -deb turishsa, bittasi asta qo‘l ko‘taribdi.
— Hayriyat, ana bor ekan-ku, o‘z huquqini biladigani. Qani, marhamat gapiring! - deyishsa, qo‘l ko‘targan odam:
— Bir nimani so‘rasam bo‘ladimi? – debdi.
— So‘rang, eshitaman, - deyishsa,
— Osish uchun ipni o‘zlaring berasizlarmi yoki o‘zimiz bilan olib kelaylikmi? - dermish.