Bir podshohning juda aqilli vaziri bo‘lgan ekan. Bir kuni shoh vazirini boplab kalaka qilmoqchi bo‘lib huzuriga chaqirtirib debdi:
— Vazir janoblari, marhamat qilib menga erkak chumolilardan kabob tayyorlab kyelsangiz! Aynan erkak chumolilardan bo‘lsin! Axir siz donishmand a’yonimsiz!
— Xo‘p bo‘ladi olampanoh! – debdi vazir va tushlikka likopchada 5 ta qovurilgan chumolini ko‘tarib kelibdi. Buni ko‘rgan shoh undan so‘rabdi:
— Xo‘sh muhtaram vazir, bularni erkak chumoli ekanligini qanday bildingiz?
— Oddiy, - debdi vazir, - Ertalab chumolilarning uyasini oldiga borib, uyasini buzayotgan edim, mana shu 5 tasi menga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lishdi, - deb javob bergan ekan.