Bir kishi o‘rmonda adashib qolibdi. Yurib-yurib, o‘rmonning o‘rtasiga kelib qolibdi. Oldidan tovuq oyoqli kulba chiqibdi. “Shu uyda aniq yalmog‘iz yashaydi” debdi o‘ziga-o‘zi. Borib taqqillatsa, husnda tengsiz go‘zal qiz eshikni ochibdi.
— Iye, axir bu uyda yalmog‘iz yashashi kerak emasmi?! – debdi haligi kishi.
Go‘zal qiz bo‘lsa:
— Menman o‘sha yalmog‘iz! Pardoz qilib olgan vaqtimda kelding, - dermish.