Bir kuni o‘g‘ri badavlat xonadonlardan biriga o‘g‘rilikka tushibdi. Uyda hech kim yo‘qligida kelib, asta eshik qulfini buza boshlabdi. Shu payt domofon ishga tushibdi:
— Assalomu alaykum! "Aqilli uy" tizimiga xush kelibsiz. Bilishimcha siz o‘g‘risiz va uyni ship-shiydon qilgani kelgansiz. To‘g‘risini aytganda, men bu uy egasini juda yomon ko‘raman. Sababi u men bilan doim qo‘pol muaomalada. Shuning uchun sizga eshikni o‘zim ochib beraman.
Shu payt eshik ochilibdi. O‘g‘ri esini yo‘qotib qo‘yay debdi. Haligi ovoz esa gapirishda davom etirmush:
— Eshik oldida turgan qoplarni oling. Barcha boylik shuni ichida. Faqat tezroq ketishingiz kyerak. Bir daqiqadan so‘ng signal tovushi ishlab ketadi. Tezroq! Tezroq!
O‘g‘ri qoplarni ko‘tarib, jon holatda qochib qolibdi.
Uch soatdan so‘ng uy egasi qaytib kelsa, domofon ishga tushibdi va debdi:
— Assalomu alaykum xo‘jayin! Uydagi axlatlar tashlandi!