Qadim zamonda podshoh birining saroyi oldida xalq yig‘ilib, shovqin-suron ko‘taribdi.
Podshoh ayyonlardan so‘rabdi:
— Tashqarida nima bo‘lyapti?
— Xalqingiz sizga minnatdorchilik bildirish uchun kelibdi, - debdi ayyonlar.
Podshoh:
— Nega ular "Bo‘ldi bas!", "Yetar!", "Ortib ketdi" deb baqirishyapti, - desa, ayyonlari:
— Hamma narsa yetarli, ortig‘i bilan muhayyo, to‘kin-sochinlik bo‘lgani uchun aytishyapti bu so‘zlarni, - degan ekan.