Bir erkakning ikkita xotini bor ekan. Ammo ikkala xotini ham bu haqda mutlaqo bexabar ekan. Bir kuni o‘sha odam ikkala xotinini ham birga, bitta joyga dam olishga yuboribdi. Dam olishga borgan ayollar hech narsadan bexabar, bir-birlari bilan yaqin dugona bo‘lib qolishibdi, birga suratlarga tushibdi. Dam olishdan qaytgach, eri birinchi xotinini oldiga borib:
— Xo‘sh, qanday dam olding, kimlar bilan tanishding, - dyeb so‘rabdi.
Shunda xotini:
— Mazza qilib dam oldim. Bir ayol bilan tanishdim, - deb erining ikkinchi xotinini rasmini ko‘rsatibdi. - Lekin judayam yengiltak ayol ekan, har kuni har-xil erkaklar bilan yurdi-ya, - debdi.
Ertasi kuni ikkinchi xotinini oldiga borgan er, u ayoldan ham gapirib berishini so‘rasa:
— Adasi manavi rasmdagi ayolni qarang. Judayam yaxshi ayol ekan. Dam olishga eri bilan kelib, eri bilan ketdi, - degan ekan.