Chiroyli bir ofitsiant qiz restoranda xo‘randaga xizmat ko‘rsatmoqda. Ovqatlanib bo‘lgach, u hisobni keltiribdi.
Xo‘randa pulni to‘lagach, qizga gap otibdi:
— Siz uchun doim eshitish yoqimli bo‘lgan uch so‘z bor. To‘g‘rimi?
— Ha, shunday.
— Xohlasangiz, men bu so‘zlarni topaman.
— Mayli, harakat qilib ko‘ring.
— Men sizni sevaman.
— Topolmadingiz! Bu so‘z - "Qaytimi kerak emas» edi.