Afandi bir kuni qo‘shnisidan qozon so‘rab chiqibdi. Oradan bir hafta o‘tgach, qozonni ikkita qilib olib chiqibdi. Qo‘shnisi hayron bo‘lib:
— Nega ikkita qozon olib chiqdingiz?, - debdi.
Afandi esa javob beribdi:
— Qozoningiz homilador ekan, tug‘di.
— Qozon kerak bo‘lsa tez-tez so‘rab turing, - debdi qozonning egasi.
Oradan bir necha kun o‘tib, afandi o‘sha qo‘shnisidan katta doshqozon so‘rab chiqibdi. Qo‘shnisi darrov berdi. Oradan bir hafta o‘tibdi, o‘n kun o‘tibdi, bir oy o‘tibdi. Afandi esa hanuz qozonni qaytarmasmush. Qo‘shnisi o‘zi qozonni so‘rab chiqibdi. Afandi qo‘shnisiga homush qarab:
— Qozoning betob ekan. Qazo qildi, - debdi.
— Qanaqasiga qozon betob bo‘lsin?, - deb baqiribdi qo‘shni, - hech jahonda qozon ham o‘ladimi?
— Qozoning tuqqaniga ishonasanu, o‘lganiga ishonmaysanmi?, - dyebdi afandi.