Bir psixolog talabalarga ma’ruza qila turib:
— So‘z bilan odamni har maqomga solish mumkin. Mana, hozir tajriba o‘tkazib ko‘ramiz, - debdi-da, qayoqqadir telefon qilib so‘rabdi:
— Qo‘ziboyni mumkinmi?
— Qo‘ziboy bu yerda turmaydi, - degan javob eshitilibdi.
Go‘shakni bir daqiqadan so‘ng olib, yana o‘sha raqamni teribdi:
— Qo‘ziboyni chaqirib bering.
— Qo‘ziboy bu yerda turmaydi deyapman-ku! – go‘shakdan asabiy ovoz eshitilibdi.
— Ana, eshitdingizmi, astoydil jahli chiqyapti, - debdi psixolog.
— So‘z bilan odamni jinni qilib qo‘yish mumkin, - dedi bir talaba. - Ishonmasangiz, telefonni berib turing, hozir ko‘rasiz.
Talaba tezda o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo! Men Qo‘ziboyman. Meni hech kim so‘ramadimi?