Barzangi yigit qo‘lida tayoq bilan sartaroshxonaga kirib debdi:
— Sochimni zo‘r qilib kaltalatib qo‘y! Agar sal noto‘g‘ri kesadigan bo‘lsang, shu tayog‘imdan kaltak yeysan!
Sartarosh yigitni sochini chiroyli qilib kaltalatib qo‘yibdi.
— Qo‘rqib ketmadingmi tayog‘imni ko‘rib, - desa, sartarosh:
— Nega qo‘rqaman?! Tomog‘ingni yonida meni ustaram turganda! - degan ekan.