Hayvonlarni ilmiy tekshirish instituti xodimi suvaraklar ustida tadqiqot olib borayotgan ekan. Laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun uyidan besh-o‘nta suvaraklarni ushlab, gugurt qutisiga solibdi-da, ishxonaga yo‘l olibdi. Biroq o‘sha kuni uyga qaytmabdi. Havotir olgan xotini militsiyaga xabar beribdi, qarindoshlari, erining do‘st-u birodarlaridan surishtiribdi. Hech qayerda yo‘q emish. Oxiri kasalxonalarni qidirib yursa, bosh-oyoq gipslangan erini topibdi. Eridan:
— Sizga nima bo‘ldi?, - deb so‘rabdi xotini.
Eri esa:
— Aniq esimda yo‘q. Ishga ketayotsam, ko‘chada bir barzangi yigit gugurt so‘ragan edi. Gugurt qutisini uzatganimni eslayman xolos..., - debdi.