Afandi sartarosh bo‘lib podshoning sochini olar edi. Qo‘rqqanidan qo‘li qaltirab, podshoning boshini kesib oldi.
Podsho qichqirdi:
— Ko‘zingga qara, yaramas, boshimni kesding!
— Tovba, kesilgan boshning gapirishini umrim bo‘lib endi ko‘rishim,— dedi ajablanib Afandi.