Dugonam bilan uni uyida kechgacha gaplashib o‘tirdik.
Hech qanday ish qilmadi. Eri ishdan kelishiga yarim soat qolganda muzlatgichdan do‘kondan xarid qilgan tayyor chuchvarani oldi-da, oshxonadagi stolga ozgina un sepib chuchvaralarni terib chiqdi.
Birozdan keyin eri ishdan qaytdi.
"Azizim! Siz yaxshi ko‘rgan chuchvarani tugib qo‘ydim. Hozir pishiraman!" - desa bo‘ladimi...?!
Kim aytdi sizga uyda o‘tirgan ayollar ko‘p ish qiladi deb? Unda bu nimasi?!