Samoda uchayotdan samolyot to‘satdan qulay boshlabdi. Bortdagilarning hammasi parashyutlarda sakrab qolibdi. Faqatgina bitta styuardessa samolyot bilan birga kimsasiz orolga tushibdi. Qiz qo‘rquvdan hushidan ketibdi-yu, o‘ziga kelgach ko‘zlarini ochib qarasa, soch-soqollari o‘sgan bir kishi olovda go‘sht pishirib o‘tirganmush.
— Siz kimsiz? Bu yerga qanday kelib qoldingiz?, - debdi styuardessa.
— Jinoyatchiman. O‘n besh yil oldin jinoyatlarim uchun shu yerga tashlab ketishgan. Jazolashmoqchi edi, mazza qilib go‘shtxo‘rlik qilib yuribman, - debdi haligi odam.
— Menga ham go‘shtdan bering.
— Buni evaziga nima berasan?
— Siz o‘n besh yildan buyon sog‘ingan narsani...
Haligi kishi xursandchilikdan o‘rnidan sakrab turib, qizni quchoqlab olibdi-da:
— Nahotki, nahotki bu yerga NOS olib kelgan bo‘lsang, - dermish.