Bir kuni samolyotda uchayotgan odam hadeb, — Ey xudo, ishqilib samolyot qulab tushmasin, - deb nola qilaveribdi. Yonida o‘tirgan yo‘lovchilardan birining jahli chiqib, — nega hadeb ming‘illayverasiz?! Men samolyotlarda ko‘p uchganman, u ishonchli, hech narsa qilmaydi!, - debdi. Qo‘rqayotgan yo‘lovchi yana gapira boshlabdi:
— Do‘stim, siz bilmaysiz! Velosipedga o‘tirsam, pedali sinib ketadi. Taksiga o‘tirsam, tormozi ishdan chiqadi. Avtobusni esa baloni teshilib qoladi, - debdi.
Shu payt salonga styuardessa kirib:
— Hurmatli yo‘lovchilar! Samolyot tinch okeaniga qulamoqda. Hozir har biringizga xushtak tarqataman. Uni chalsangiz, sizga akula hujum qilmaydi, - debdi.
Boyagi yo‘lovchi jon holatda:
— Ana ko‘rdingizmi?! Hozir menga berilgan xushtak yo ishlamay qoladi, yoki akulaning quloqlari kar bo‘ladi, - dermish.