Go‘zal qizga ko‘chada bir shilqim tegajonlik qilgan ekan. Qiz sumkasidagi gaz balonchasini olib, shilqimni yuziga sepmoqchi bo‘libdi-yu, adashib, "Shanel" atirini sepib yuboribdi. Sepib bo‘lgach qiz atirini ko‘rib qolib, g‘azablanganidan yigitni o‘lar holatda do‘pposlab tashlagan ekan.