Afandi bozor aylanib yurib, mevafurushlar rastasiga kirib qoldi, qarasa: o‘rik qoqi, turli-tuman mayizlar, pista, bodom, nok, uzum va boshqa mevalar uyulib yotibdi-yu, sotuvchilari qimirlamay o‘tirishibdi. Afandi hassasining uchini bir boqqolning ko‘zi oldiga olib bordi. Bundan cho‘chigan boqqol:
— E badbaxt, qanaqa odamsan, ko‘zimga tiqib olasan-ku,— dedi.
Afandi hamma eshitadigan qilib dedi:
— Axir, ko‘zlaringiz bor ekan-ku, nega bu mevalardan yemay o‘tiribsiz?