Professor:
— Hozir men sizlarga insondagi 2 holatni ko‘rsatib beraman.
Professor qo‘l telefondan xohlagan raqamiga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, Baxtiyor bormi? - debdi.
Go‘shakdan:
— Boshqa raqamga tushdingiz. Baxtiyorni raqami emas! - degan javob bo‘libdi.
— Bu "bezovtalanish" holati, - debdi professor.
Keyin yana telefondan o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilibdi.
— Allo, Baxtiyor kelmadimi hali? - debdi professor.
— Men sizga Baxtiyorni raqami emas deb ayttimmi?! Nega tushunmaysiz?! - deb javob berishibdi.
— Bu "asabiylashish" holati, - debdi professor.
Shu payt oldi qatorda o‘tirgan talabalardan biri debdi:
— Men "shokka tushish" holatini ko‘rsatib bermoqchiman.
— Marhamat! - debdi professor va qo‘lidagi telefonni talabaga uzatibdi.
Talaba yana xuddi o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, men Baxtiyorman! Meni hech kim so‘ramadimi? - debdi.