O‘rmonda ovchilar o‘ra kavlab ketishgan ekan. O‘raga bo‘ri, tulki va cho‘chqa tushib qolibdi.
Tulki cho‘chqaga qarab, ichida debdi: “Go‘sht bor. Qorin to‘ydirsam bo‘ladi. Bir necha kun yashayman”.
Bo‘ri tulki va cho‘chqaga qarab ichida debdi: “Go‘sht bor, suhbatdosh bor. Mazza qilib yashasam bo‘ladi.”
Cho‘chqa ikkalasiga qarab:
— Zerikib qolasizlar. Qo‘yshiq kuylab bersam bo‘ladimi? – debdi.
Bo‘ri va tulki:
— Yaxshi bo‘lardi, - deyishibdi.
Cho‘chqa ovozi boricha baqirib qo‘shiq ayta boshlabdi. Bir zumda ovchilar yetib kelishibdi.
Bo‘ri va tulkini o‘ldirishga shaylanib turishsa, bo‘ri ichida o‘ziga-o‘zi dermish:
“Qorin to‘ydirib, gaplashib yotaversam bo‘lmasmidi. O‘yin-kulgiga balo bormidi...!”