Nikoh oqshomida kuyov uyalib o‘tirgan kelinga debdi:
— To‘ygacha qo‘lingni ham ushlatmading. Odobli qiz ekaning shundoq ko‘rinib turibdi. Aks holda senga uylanmagan bo‘lardim.
Kelin javob beribdi:
— Shu narsaga farosatim yetgunicha bilasizmi meni qancha yigitlar tashlab ketishgan...!